23:12 / 11.03.2017
7894

APL. Gollarga boy uchta uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Angliya premer-ligasining 28-turidan o‘rin olgan uchta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Gollarga boy o‘tgan uchrashuvlarda mezbonlar ustunlik qilishdi.

Yevrokuboklar uchun kurash olib borayotgan «Everton» asosiy ta'qibchilaridan biri «Vest Bromvich»ni o‘z uyida qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi. Jamoaning so‘nggi goliga mualliflik qilgan Romelu Lukaku bu mavsumdagi gollari sonini 19taga yetkazib oldi va to‘purarlar ro‘yxatida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Shuningdek futbolchi butun mavsumda kiritgan gollari soni bo‘yicha o‘z rekordini takrorladi.

Ligada qolish uchun kurash olib borayotgan «Hall» xuddi shunday jamoalardan biri «Suonsi»ni o‘z uyida qabul qilib, muhim bo‘lgan g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shuningdek «Bornmut» xavfli zonaga tushib qolmaslik kurash yo‘lida «Vest Hem»ni qabul qilib Joshua Kingning so‘nggi daqiqada kiritgan goli evaziga g‘alaba qozondi. Qiziq tomoni, uchrashuvda «Bornmut» ikki marta penaltini noaniq amalga oshirdi.

Angliya premer-ligasi
28-tur

Everton – Vest Bromvich 3:0 (2:0)

Gollar: Miralyas (39), Shnayderlin (45), Lukaku (82).
Everton: Robles, Uilyams, Beyns (Funes Mori, 46), Koulmen, Jagelka, Berri (Kelvert-Lyuin, 84), Shnayderlin, Barkli, Devis, Miralyas (Guyye, 71), Lukaku.
Vest Bromvich: Foster, Makoli, Nom, Douson, Evans, Robson-Kanu (Rondon, 76), Shadli, Yakob (Morrison, 79), Fletcher, Makkleyn (Brant, 75), Livermor.
Ogohlantirishlar: Yakob (73), Berri (81), Douson (88).

Bornmut – Vest Hem 3:2 (1:1)

Gollar: King (31, 48, 90) – Antonio (10), Ayyu (83).
Noaniq penaltilar: King (9), Afobe (38, ikkalasi — Bornmut)
Bornmut: Boruts, Frensis, Deniels, Smit, Kuk, Arter, Gosling, Freyzer (Musse, 85), Pyu, King, Afobe (Uilsher, 85).
Vest Hem: Rendolf, Rid, Fonte, Kressuell, Kuyate (Bayrem, 78), Obiang, Nobl (Snodgrass, 58), Lansini, Feguli (Ayyu, 58), Antonio, Kerroll.
Ogohlantirishlar: Nobl (9), Obiang (34), Pyu (66), Afobe (72), Gosling (80), Kuk (90).

Hall – Suonsi 2:1 (0:0)

Gollar: Nyasse (69, 78) – Mouson (90+1).
Hall: Yakupovich, Maguayr, Ranokkiya, Robertson, El Abdellauiy, Ndiayye (Nyasse, 63), Haddlstoun, Klukas, Markovich (Al Muhammadiy, 75), Grositski, Ernandes (Meyler, 82).
Suonsi: Fabianski, Fernandes, Olsson, Ranxel (Amat, 33), Mouson, Kerroll, Kork, Rautledj (Narsingx, 71), Fer, Sigurdsson, Lorente (Ayyu, 45).
Ogohlantirishlar: Ndiayye (45), Olsson (45), Haddlstoun (56), Markovich (73).

Mavzuga oid
Top