11:19 / 11.03.2017
18286

"Avatar 2" filmi taxminan qachon chiqishi ma'lum bo‘ldi

Butun dunyo bo‘ylab tomoshabinlar “Avatar” fantastik filmi davomini intiqib kutishmoqda. Filmning davomi taxminan qachon taqdim etilishini rejissyor Jyeyms Kemeron ma'lum qildi.

"2018 yilda bu yuz bermaydi. Biz film relizi sanasini anons qilmadik", - deya rejissyorning so‘zlarini keltiradi The Hollywood Reporter jurnali. "Shuni tushunish lozimki, gap filmlarning ekranga bosqichma-bosqich chiqishi haqida ketmoqda. Biz "Avatar 2"ni emas, balki "Avatar 2", uch, to‘rt va beshni suratga olmoqdamiz, bu ko‘p seriyali loyiha", - deya aniqlik kiritdi u.

Avvalroq Kemeron kartinaning to‘rtta sikvelini suratga olish niyati haqida ma'lum qilgandi. Taxminlarga ko‘ra, ulardan birinchisi 2018 yilning dekabrida chiqariladi.

"Avatar" filmi 2009 yilda taqdim etilgandi. Kartina 3ta “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan. "Avatar" tarixdagi eng tijorat jihatidan omadli film sanaladi. Undan tushgan daromad 2,7 milliard dollarni tashkil etdi.

Top