19:19 / 11.03.2017
12413

Gvardiola «Siti»dan qachon ketishini ma'lum qildi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoani tark etishiga nima sabab bo‘lishi mumkinligini aytib berdi. 

«Agar sovrinlarni qo‘lga kiritmasak, men bu yerda ko‘p qolmayman. Sovrinlarsiz mavsumni yaxshi deyish qiyin. Men buni avgustdayoq bilganman. Murabbiyning ishi natijalarga bog‘liq. Menda katta tajriba bor va hozir yelkamda qanday mas'uliyat turganini bilaman. Buni yengib o‘tish kerak», – dedi Gvardiola. 

Ma'lumot uchun, «Manchester Siti» 27-turdan so‘ng Angliya chempionatida 3-o‘rinda bormoqda.

Mavzuga oid
Top