18:23 / 11.03.2017
12387

Qozog‘istonda politsiyachi sherigini otib o‘ldirdi

Foto: Sputnik

Qozog‘istonda ixtisoslashtirilgan qo‘riqlash xizmati boshqarmasi xodimi Qizilo‘rda shahridagi prokuratura binosida birga navbatchilikda turgan sherigini otib o‘ldirdi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston Qizilo‘rda viloyati ichki ishlar departamentiga asosan xabar bermoqda

Fojia 8 mart kuni shahar prokuraturasining soqchilik xonasida ro‘y bergan.

"Qizilo‘rda viloyatining ixtisoslashtirilgan qo‘riqlash xizmati boshqarmasi xodimi xizmat qurolidan o‘q uzgan, natijada u bilan bir naryadda bo‘lgan politsiyachi jarohat oldi va hayotdan ko‘z yumdi", - deya xabar berishgan politsiyada.

Gumonlanuvchi qamoqqa olindi. “Qotillik” moddasi bo‘yicha sudgacha surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda.

Top