20:02 / 11.03.2017
7059

«Manchester Siti» - Angliya kubogining dastlabki yarimfinalchisi

Angliya kubogining 1/4 finalidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. «Riversayd»da kechgan uchrashuvda «Midlsbro» «Manchester Siti»ni qabul qildi.

Uchrashuvning uchinchi daqiqasidayoq David Silva hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda Leroy Sane tomonidan yetkazib berilgan to‘pni Serxio Aguero darvozaga aniq yo‘llab jamoasiga ishonchli g‘alabani taqdim etdi.

Natijada «Manchester Siti» Angliya kubogining finaliga yo‘llanma olgan dastlabki jamoaga aylandi. Jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘zining 8 mavsumlik murabbiylik faoliyati davomida 8-marta mamlakat kubogining yarim finaliga yo‘llanma oldi.

Angliya Kubogi, 1/4 final

Midlsbro – Manchester Siti 0:2 (0:1)

Gollar: Silva (3), Aguero (67).
Midlsbro: Gyuzan, Gibson, Barragan, Fabio, Espinosa (Fray, 50), Lidbitter (Ramires, 66), Kleyton, de Ron, Traore, Stuani, Jyested (Negredo, 26).
Manchester Siti: Bravo, Stounz, Klishi, Sabaleta, Otamendi, de Bryuyne, Ture (Fernando, 86), Silva, Sterling, Sane (Nolito, 70), Aguero (Iheanacho, 90+1).
Ogohlantirishlar: Barragan (17), Lidbitter (45), Traore (45), de Ron (83).

Top