21:30 / 11.03.2017
17214

Mo‘sul yaqinida IShIDning 500 qurboni ko‘milgan qabr topildi

Iroqlik ko‘ngilli askarlar Mo‘sul yaqinidagi Badush turmasi hududida 2014 yilda IShID terrorchilik guruhi tomonidan amalga oshirilgan jazolashning 500 qurboni ko‘milgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan ommaviy qabristonni topdilar.  

Terrorchilar turmani 2014 yil iyunda ichidagi mahbuslar bilan egallab olib, u yerda saqlangan shia musulmonlarini otib tashlashgan.

"Xalq lashkarlarining ikkinchi brigadasi Badush turmasining 500 ga yaqin mahbusi suyaklari bo‘lgan ommaviy qabristonni topishdi. Bu mahbuslar IShID jinoiy to‘dasi tomonidan qatl etilgan", deb aytilgan lashkarlarga tegishli saytda.

Lashkarlar bu jinoyatga aloqador bo‘lgan 87 jangarini qo‘lga olishganini ma'lum qilishgan.  

Iroqlik harbiylar turmani mart oyi boshida o‘z nazoratlariga qaytara olishgan. Aksariyati shialardan tashkil topgan ko‘ngilli askarlar otryadlari harbiylarga ko‘mak bermoqda.

Top