18:01 / 12.03.2017
12431

Noqonuniy ishga qo‘l urgan bosh hisobchi jazoga tortildi

Bobur Tohirov (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) 2012 yilning oktabridan 2015 yilning may oyiga qadar Sirdaryo viloyatidagi tuman hokimliklaridan birida bosh hisobchi lavozimida ishlab kelib, juda ko‘p miqdordagi soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan ekan, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Jumladan, shu davr uchun tuman DSIga topshirilgan hisobotda yagona ijtimoiy to‘lov summasi 39 mln. 900 ming so‘mga, pensiya jamg‘armasining sug‘urta badali 9 mln. 239 ming so‘mga, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 39 mln. 391 ming so‘mga, bir foizli jamg‘arib boriladigan pensiya badali esa 2 mln. 359 ming so‘mga, jami 90 mln. so‘mga yaqin kamaytirib ko‘rsatilishi natijasida davlat byudjyetiga to‘lanishi shart bo‘lgan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar qasddan to‘lanmaydi.

Tekshirishlarda B.Tohirovning ushbu qilmishlari oshkor bo‘ldi. Unga nisbatan jinoiyat ishi qo‘zg‘atilib, sudga oshirildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston tuman sudi noqonuniy ishga qo‘l urgan bosh hisobchiga tegishli jazo tayinladi.

Top