16:11 / 12.03.2017
15633

Pak Kin Xe prezident saroyidan chiqib, uyiga keldi (foto)

Impichment orqali lavozimidan chetlatilgan Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe prezidentlik qarorgohini tark etdi va uyiga qaytib keldi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.

Endilikda sobiq prezident korteji mahalliy vaqt bilan soat 19:17da (Toshkent vaqti bilan soat 15:17) Ko‘k saroydan chiqib ketgan.

U ko‘p vaqt o‘tmasdan Seulning janubiy qismidagi xususiy uyiga kelgan. Uning uyi atrofida impichmentga qarshi bo‘lgan yuzlab kishilar to‘plangan.

Hozircha u biron bayonot bergani ma'lum emas.

Eslatib o‘tamiz, 10 mart kuni Janubiy Koreya konstitutsiyaviy sudi Pak Kin Xening impichmentini tasdiqladi. Buning oqibatida u prezidentlik daxlsizligi va jinoiy ta'qibdan immunitetni yo‘qotadi.

Endi mamlakat prokuraturasi Pak Kin Xeni tergovni qiziqtirayotgan ko‘plab masalalar, xususan, dugonasi Chxve Sun Sil bilan bog‘liq korrupsiyaviy mojaro bo‘yicha so‘roqqa tutishi mumkin.

Top