12:29 / 12.03.2017
18962

So‘kag‘on hakam. «Barselona» va «PSJ» uchrashuvi atrofidagi yana bir mojaro

«PSJ» Yevropa chempionlar ligasining 1/8 finali doirasida «Barselona»ga qarshi kechgan va 1:6 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan o‘yinda hakamlik qilgan germaniyalik hakam Deniz Aytekinning qarorlaridan norozi bo‘ldi. Le Parisien xabariga ko‘ra, bu hali hammasi emas. 

38 yoshli hakam o‘yin davomida mehmonlar darvozasiga bahsli ikkita penalti belgiladi, o‘z navbatida Xaver Maskerano Anxel Di Mariyani jarima maydoni hududida yiqitganida kataloniyaliklar darvozasiga penatlti belgilamadi.

«PSJ» futbolchilari bir necha marta hakamga uning qarorlari yuzasidan e'tiroz bildirishgan. Hakam esa ularga javoban so‘kinib tashlagan. Manbaning yozishicha, futbolchilar uning tilidan «Fuck you» so‘zlarini eshitishgan.

Aytekin joriy mavsumda Chempionlar ligasining boshqa uchrashuvlarida ishlamasligi aytilmoqda.

Top