12 mart kuni Qirg‘iziston TIV rahbari birinchi o‘rinbosari Dinara Kamolova boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston TIVda vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi o‘tkazilgan.
Tashqi siyosiy idoralar rahbarlari o‘rinbosarlari darajasidagi tadbirda O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlari holati tahlil qilinib, ularni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
2016 yilning noyabrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat chegara chizig‘ining 49 ta uchastkasi bo‘yicha qo‘shma dala tekshiruvlari o‘tkazilgandi.