09:45 / 12.03.2017
7826

Turkiya mamlakatga Niderlandiya elchisi qaytishini istamayapti

Turkiya tashqi ishlar vazirligi Niderlandiya hukumatining turk vazirlariga nisbatan tahqirlovchi xatti-harakatlari qoralangan yozma bayonot bilan chiqdi.

Bayonotda Niderlandiya rahbariyati Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘luga turk jamoasi vakillari va turk diplomatlari bilan ko‘rishishga ruxsat bermagani aytilgan.  

"Niderlandiya rahbariyati boshidan diplomatik me'yorlarga zid keluvchi yo‘lni namoyish qilgandi. Anqara Niderlandiya hukumati tomondan adovatga yo‘g‘rilgan bunday munosabatni va noxolis yondashuvni qoralaydi va uning qaroriga norozilik bildiradi", deyilgan hujjatda.

Turkiya Niderlandiyaning bu siyosatiga norozilik sifatida ayni vaqtda ta'tilda bo‘lgan Niderlandiyaning Turkiyadagi elchisiga ma'lum vaqtga o‘z majburiyatlarini bajarishdan bosh tortishni tavsiya qildi.

"Turkiya va Niderlandiyadagi turk jamoasiga qarshi qabul qilingan bu dahshatli qaror ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik, siyosiy-iqtisodiy va boshqa sohalardagi munosabatlar uchun jiddiy oqibatlarga olib keladi. Biz bu haqda Niderlandiya hukumatini ogoh qilmoqdamiz", deb aytildi xabarda.

Top