22:23 / 13.03.2017
5391

Tereza Mey Shotlandiya mustaqilligi bo‘yicha referendum haqida: "Siyosat - bu o‘yin emas"

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Shotlandiya birinchi vaziri Nikola Sterjyenning mamlakatni Birlashgan Qirollik tarkibidan olib chiqish bo‘yicha referendumni tashkillashtirishga bo‘lgan urinishlarini tanqid ostiga oldi. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi

Mey shuningdek Shotland milliy partiyasi (ShMP) va uning yetakchisi Sterjyen mazkur tashabbusi bilan siyosiy qarashlarining torligini namoyish qilayotganini ta'kidladi. 

"Bugun namoyish etilgan ShMP qarashlarining torligi chuqur taassuf uyg‘otadi. Shotlandiya hukumati mamlakatimiz kelajagi bilan siyosat o‘yinini o‘ynash o‘rniga o‘z aholisi farovonligi uchun ijtimoiy xizmatlar faoliyatiga diqqatini qaratishi lozim", - dedi Buyuk Britaniya hukumati rahbari. 

Top