10:47 / 13.03.2017
31953

Toshkent shahrining ikki tumanida IIB boshlig‘i o‘zgardi

O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri qator ichki ishlar boshqarmalari va bo‘limlariga yangi boshliqlarni tayinladi. O‘zbekiston IIVning rasmiy nashri bo‘lmish «Na postu» gazetasida xabar berilishicha, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida, shuningdek, Namangan shahrida ichki ishlar boshqarmalari va bo‘limlariga yangi boshliqlar tayinlangan.

Podpolkovnik Farrux Haydarov Toshkent shahar Yakkasaroy tumani IIB, podpolkovnik Nematullo Haydarov Yunusobod tuman IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Toshkent viloyati IIB Tashkiliy-inspektorlik boshqarmasiga — podpolkovnik Hamidjon Anvarov, Huquqbuzarliklarning oldini olish boshqarmasiga — podpolkovnik Ismatjon Ibragimov va Qo‘riqlash boshqarmasiga — podpolkovnik Saidanvar Saida'loyev boshliq etib tayinlandi.

Poytaxt viloyati Qibray tumani IIBga polkovnik Alisher Rashidov, Oqqo‘rg‘on tumani IIBga podpolkovnik Ortiq Xudoyberganov, Ohangaron IIBga podpolkovnik Sobirjon Ibragimov rahbarlik qiladi.

Muhammadjon Dadajanov Namangan shahar IIB boshlig‘i bo‘ldi.

Top