00:30 / 13.03.2017
12170

Trampning o‘g‘li otasi bilan deyarli aloqa qilmayotganini ma'lum qildi

Foto: AP

AQSh prezidentining o‘g‘li Kichik Donald Tramp otasi biznesni boshqarishni unga topshirgandan beri u bilan deyarli aloqa qilmaganini ma'lum qildi. Bu haqda Guardian nashri xabar bermoqda

“Hozirda biz u bilan deyarli aloqa qilmayapmiz”, deb aytdi Kichik Tramp. Shuningdek, u “saylovlardan keyin siyosatda qatnashmaganini” aytgan. “Men o‘zimning oddiy ishimga qaytaman, bundan xursand bo‘laman deb o‘ylagandim. Biroq buning mazasini his qilganingdan keyin ketishing qiyin bo‘ladi", deb aytgan Trampning o‘g‘li.

Avvalroq Trampning 38 ta savdo markasi Xitoy tomondan ma'qullangan. Bu savdo markalari bo‘yicha ariza Donald Tramp AQSh prezidenti etib saylanishidan bir necha oy oldin Xitoyga topshirilgan.

Mavzuga oid
Top