21:28 / 13.03.2017
3535

Vengriya prezidenti ikkinchi muhlatga qayta saylandi

Vengriya parlamenti mamlakat prezidentini ikkinchi turda sayladi. Reyter xabariga ko‘ra, amaldagi prezident Yanosh Ader lavozimga qayta saylangan.

Ader parlamentariylarning ko‘pchilik qismi ovoziga ega bo‘lgan. Uni 170 nafar deputatdan 131 nafari qo‘llagan.

Muxolifat vakili Laslo Mayteni va bosh vazir Viktor Orban nomzodi esa jami 39 ovoz olgan.

Birinchi turda nomzodlarning hech biri kerakli ovozni, ya'ni ovozlarning uchdan ikki qismini qo‘lga kirita olmagandi.

Vengriya parlamenti spikeri Laslo Kyoverning ma'lum qilishicha, yangi prezidentlik muhlati 10 maydan boshlanadi.

Top