08:07 / 14.03.2017
9472

AQSh sobiq vitse-prezidenti o‘ziga yangi ish topdi

Foto: AP

AQShning sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden Bayden institutini ochish uchun Delaver Universiteti xodimlari safiga borib qo‘shiladi, deb yozmoqda Washington Post nashri.

Nashrda yozilishicha, yangi institut iqtisodiy islohotlar, inson huquqlari va sudda ishlarni ma'lum tartibda ko‘rish (hal qilish) kabi masalalarni o‘rganish bilan shug‘ullanadi.

Bayden AQSh davlati siyosati va boshqaruv maktabi doirasida o‘z faoliyatini olib boradigan bu institutga rahbar bo‘ladi.

Top