12:03 / 14.03.2017
5617

Yaponiya qora ikra eksportchisiga aylandi

Foto: TASC

Yaponiya o‘z tarixida ilk bora qora ikra eksportchisiga aylandi. Kichik miqdordagi bu o‘ta tansiq mahsulot shu oyda Honkongdagi eng yaxshi mehmonxonalardan biriga jo‘natilgan, deb xabar bermoqda TASS ishlab chiqaruvchi Japan Caviar kompaniyasi prezidenti Motoo Sakamotoga asosan.

"Eksport hozircha faqatgina Honkongga qilinadi, biroq bizda Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan ham buyurtmalar bor, - dedi u. – Shu bilan birga, xorijga mahsulot yetkazib berishni kengaytirish uchun ishlab chiqarish jarayonimizning kichikligi xalaqit bermoqda. Biz yiliga atigi tonnagacha qora ikra olamiz".

Japan Caviar Kyusyu orolining janubi-g‘arbidagi Miyadzaki prefekturasida bakrabaliqni ko‘paytirish bilan bog‘liq tajribani 1983 yilda boshlagan. Firma o‘ttiz yildan keyin qora ikrani sotish haqida qaror qabul qildi. Ayni damda uning mahsuloti butun Yaponiya bo‘ylab joylashgan restoranlarga yetkazib beriladi.

Japan Caviar – mamlakatdagi eng yirik qora ikra ishlab chiqaruvchisi bo‘lib, biroq uni mamlakatning boshqa firmalari ham taqdim etadi. Yaponiya kompaniyalari kelajakda bu mahsulot bilan Osiyo, AQSh va Yevropa Ittifoqi bozoriga chiqishni rejalashtirgan.

Mavzuga oid
Top