07:32 / 14.03.2017
5170

BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida yomon ob-havo tufayli dam e'lon qilindi

Butun, 14 mart kuni BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida yomon ob-havo sharoiti tufayli dam e'lon qilindi. Shaharga qor bo‘roni yaqinlashmoqda. Ob-havo mutaxassislarining prognozlariga ko‘ra, bugun kuchli shamol va izg‘irin sababli umuman ko‘chaga chiqish xavfli bo‘ladi.

"BMTning markaziy muassasalari majmuasi 14 mart kuni yomon ob-havo tufayli yopiq bo‘ladi", deb aytildi BMT matbuot xizmatida. 

Avvalroq yomon ob-havo sababli Germaniya kanslerining 14 mart kuni Vashingtonga tashrifi bekor qilingani ma'lum qilingandi. Shu sababli Merkel va AQSh prezidenti Donald Trampning uchrashuvini 17 martga ko‘chirishga qaror qilingan.

Top