Daniya qirolichasi Margretning singlisi turmush o‘rtog‘i, shahzoda Richard Berleburg 82 yoshida vafot etdi. Bu haqda The Local nashri xabar bermoqda.
To‘liq ismi Richard Kazimir Karl Avgust Konstantin tsu Sayn-Vitgenshteyn-Berleburg bo‘lgan shahzoda Richard Daniya qirolichasining singlisi malika Benediktening turmush o‘rtog‘i bo‘lgan.
Oxirgi yillarda shahzoda Richard sog‘lig‘ida jiddiy muammolar kuzatilgan, u teri saratonidan 2003 yilda Germaniyada davolangan. Shundan keyin uning son qismida zararli o‘simta borligi tashxisi qo‘yilgan.