20:13 / 14.03.2017
6355

Xitoy kompaniyasi elektromobillar ishlab chiqarishga 8,7 mlrd dollar sarmoya kiritmoqchi

Xitoyning Great Wall avtomobilsozlik kompaniyasi keyingi 10 yil ichida elektromobil va gibrid mashinalarga mo‘ljallangan texnologiyalarni rivojlantirish, ularni ishlab chiqaruvchi quvvatlarini yaratish uchun keyingi 10 yil ichida 60 mlrd yuan (8,67 mlrd dollar) sarmoya kiritadi.   

Kompaniya o‘z quvvatlarini bunday mashinalardan yiliga 600 mingtasini ishlab chiqarishgacha yetkazmoqchi.

Bundan tashqari, Great Wall rahbari kompaniya joriy yilda savdolarning kamida 10 foizga o‘sishini rejalashtirayotganini ma'lum qildi. Kompaniya 150-200 ming yuanlik yo‘ltanlamaslar ishlab chiqarishi taxmin qilinmoqda. Buning uchun maxsus Wey brendi yaratildi.

Great Wall yapon kompaniyalari bilan hamkorlikni mustahkamlashga umid qilmoqda. Kompaniya Avstraliya, Janubiy Afrika Respublikasi va Rossiya bozorlariga e'tiborni kuchaytirmoqchi. 

Top