18:09 / 14.03.2017
16487

Saudiya Arabistonida xaloskor haydovchiga Makka safari yo‘llanmasi taklif etildi

Saudiya Arabistonida ishlovchi pokistonlik muhojir bir oilani yonayotgan avtomobildan qutqarib qolgani uchun Sharqiy provinsiya gubernatori tomonidan taqdirlandi. Bu haqida GulfNews'da xabar berildi

Shahzoda Saud bin Nayif Muhammad Mansurni matonati hamda fidoyiligini yuksak baholadi va xorijliklar ham Saudiya Arabistoni fuqarolari kabi insonlar muhofazasi borasida hamkor ekanliklarini ta'kidladi. 

Shahzoda Saud Muhammadga mukofot sifatida joriy yilda Makkaga Haj safarini amalga oshirishni taklif qildi. 

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, avtomobil yo‘l-transport hodisasi natijasida yonib ketgan. Muhammad bir oilani qutqarib qolib, ularga birinchi yordam ko‘rsatgan. U yong‘inni o‘chirish uchun yuk mashinasining shlangidan foydalangan.

Top