O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 fevral kuni «Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzolagandi.
Unga ko‘ra, pensiyalar naqd pul shaklida har oyning 27-sanasidan kechiktirilmasdan berilishi belgilangan.
Sayt tahririyati bu qaror ijrosi joylarda qanday olib borilayotganiga qiziqdi.
Kun.uz o‘z o‘quvchilaridan shu kabi holatlar uchrasa, bu haqda sayt pochtasiga (info@kun.uz) yoki aloqa bo‘limi orqali xat yo‘llashni so‘raydi. Kelib tushgan xatlar o‘rganilib, vaziyatga baho beriladi.