16:55 / 14.03.2017
23247

Pensiyalar to‘liq naqd shaklda berilishida muammolar bormi? Kun.uz’ga xat yo‘llang

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 fevral kuni «Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzolagandi. 

Unga ko‘ra, pensiyalar naqd pul shaklida har oyning 27-sanasidan kechiktirilmasdan berilishi belgilangan.

Sayt tahririyati bu qaror ijrosi joylarda qanday olib borilayotganiga qiziqdi.

Kun.uz o‘z o‘quvchilaridan shu kabi holatlar uchrasa, bu haqda sayt pochtasiga (info@kun.uz) yoki aloqa bo‘limi orqali xat yo‘llashni so‘raydi. Kelib tushgan xatlar o‘rganilib, vaziyatga baho beriladi.

Top