16:04 / 14.03.2017
31813

Shanxayda Alisher Navoiy haykali ochildi

Shanxay universitetida Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiyning haykali ochildi.

Shanghai Daily’ning xabar berishicha, bronza haykalning balandligi 3,6 metr, postament (haykal o‘rnatiladigan maxsus supa) esa – 1,8 metrga teng. Haykal loyihasi o‘zbek haykaltaroshi Ravshan Mirtojiyev tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u bevosita xitoylik haykaltarosh tomonidan yaratildi.

Shanxay universiteti hovlisida “tosh qo‘yish” marosimi 2013 yilda bo‘lib o‘tgandi. Nashrning ta'kidlashicha, haykalning og‘irligi 3 tonnaga teng.

Top