23:41 / 14.03.2017
16955

Toshkentdagi 6ta o‘rta maxsus ta'lim muassasi direktori ishdan bo‘shatilgan

Toshkentda keyingi ikki oy davomida ikkita o‘rta maxsus ta'lim muassasining direktori ta'lim-tarbiya jarayoni susaytirilgani tufayli ishdan haydalgan. Bu haqda 14 mart kuni Toshkent shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

O‘quv yili boshidan buyon esa shu sabab bilan jami 6 nafar rahbar lavozimdan olingan.

Matbuot anjmunida shahardagi maktablar va o‘rta maxsus ta'lim muassasalaridagi o‘quvchilar davomati va o‘quv jarayoni tahlil qilingan.

Ma'lum qilinishicha, ayni damda poytaxt maktablarida davomat ko‘rsatkichlari 92-93 foizni tashkil qilmoqda, litsey va kollejlarda esa bu ko‘rsatkich nisbatan yaxshiroq — 94-95 foiz.

Bundan oldinroq maktablarda qoniqarsiz davomat uchun direktor ishdan haydalishi haqida xabar berilgandi.

Top