08:18 / 15.03.2017
20254

AQShda shahar sotuvga qo‘yildi

AQShning Oregon shtatida joylashgan Tiller shahri sotuvga qo‘yildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

Umumiy maydoni 100 gektardan iborat shahar 3,5 mln dollarga sotilmoqda. Xaridor qo‘shimcha 350 ming dollarga eski maktabni ham sotib olishi mumkin.

Tiller atrofida 250 ga yaqin odam yashaydi. Shaharning o‘zida uning egasi Garret Zoller oilasidan tashqari, yana ikki odam: sobiq o‘qituvchi va mahalliy cherkov pastori yashaydi, ularga tegishli hududlar sotilmaydi.
 
Zollerning aytishicha, aholi shaharni yog‘och tayyorlash miqdori kamaygani va tegirmon yopilgani sababli tark etgan.

Zollerning ta'kidlashicha, u shahar sotilishi haqidagi taklifni xitoylik investorlardan tortib tibbiy muassasalar yaratishga qiziqish bildirayotganlargacha yuborgan.

Mavzuga oid
Top