14:15 / 15.03.2017
19415

Farzandlari jonli efir vaqtida paydo bo‘lgan professor "shov-shuv"li holatga izoh berdi

Pusan universiteti dotsenti Robert Kelli bir zumda ijtimoiy tarmoqlar orqali mashhur bo‘lib ketdi. Sababi, juma kuni u Bi-bi-si'ga intervyu berayotgan chog‘ida bolalarning kamera qarshisida tasodifan paydo bo‘lishi barchani yuziga kulgi ulashdi.

Oradan biroz vaqt o‘tgach, Bi-bi-si boshlovchisi Jyeyms Menendes dotsent Kelli bilan yana bog‘lanib, ijtimoiy tarmoqlarda qaynoqqina shov-shuvga sabab bo‘lgan hodisa haqida intervyu olishga kirishdi. Ushbu intervyuni e'tiboringizga havola etamiz.

Rob Kelli: Bu qandaydir g‘aroyib hodisa - albatta, biz bunday e'tiborni sira ham kutmagan edik, avvallari hayotimizda bunday voqea hech ham bo‘lmagan. Qo‘ng‘iroqlar tinmadi, "Twitter" va "Facebook" orqali tinmay xatlar kela boshladi: iltimos, Bi-bi-si bilan bog‘laning, biz yana bir intervyu ko‘rishni istaymiz.

Jyeyms Menendes (jurnalist): O‘tgan safar oilangiz bilan tanishishga ulgurmagan edik, iltimos, rafiqangiz va farzandlaringizni tanishtirsangiz.

R.K.: Bu mening rafiqam Chona Kim, o‘g‘lim Jyeyms (koreyscha ismi - Yusok) va qizim Merion (Yena) - har ikkisining sharifi - Kelli.

D.M: Nihoyat, orqa sahna chopib yurgan chiroyli oilangiz bilan yuzma-yuz tanishganimdan xursandman. Chona so‘nggi vaqtlarda nimalarni his etdingiz?

Chona Kim: Ba'zan qiyin bo‘ldi, lekin biz barini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘ldik (turmush o‘rtog‘iga qarab jilmaydi) Hammasi joyida! Bari a'lo!

D.M.: Bu videoning tarqalishi oqibatida sizlar dunyoning eng mashhur oilasiga aylandingiz.

R.K.: Ha, biz buni sira ham kutmagan edik! Bizning ustimizga qandaydir izohlar, savollar, fikrlar oqimi quyilib kela boshladi... OAV xodimlaridan esa ko‘plab murojaatlar kelib tushdi. Biz esa javob qaytarmadik. Buning uchun barchadan uzr so‘rayman, sababi biz o‘sha damda qanday va nima deb javob berishni bilmagan edik. 

D.M.: Siz bu efirni o‘zingiz tomosha qilganingizda - orqa sahnada naqadar ajoyib kulgili holat yuz berganiga o‘zingiz baho bera oldingizmi?

R.K.: Ha, albatta! Biz bu videoni yaqinlarimiz, oilamiz bilan qayta-qayta tomosha qildik. Bu holat chindan ham juda kulgili edi. Shu sababdan, nima uchun odamlarga oddiy oila mutlaqo kutilmaganda kadrda paydo bo‘lib qolganini tomosha qilish yoqishini tushundi. 

D.M.: Mazkur komediyada eng ajoyib rolni Chona ijro etgan - u orqa fonda bolalarni olib chiqib ketish uchun uchi yurganichi? Bu holat ham sizlarga tabassum ulashdimi? 

Ch.K.: Ha, bu holat ham juda kulgili edi. Biroq xavotirga ham soldi...

R.K.: Aslida, biz Bi-bi-si endi hech qachon qo‘ng‘iroq qilmasligidan qo‘rqqan edik. Chindan ham, bu bizning hayolimizga kelgan ilk fikr edi: biz sizlar bilan munosabatlarni tamomila buzgan edik!

D.M.: Aytingchi, bu voqea qanday sodir bo‘ldi? Albatta, eshik yopiq emas edi. Biroq bizni Chonaning munosabati ko‘proq qiziqtirmoqda, bolalar xonaga kirganida nima bilan mashg‘ul edingiz?

Ch.K.: Men sizning dasturingizni yozib olayotgan edim! Rob jonli efirda intervyu bersa, men odatda, uni yozib olaman…

D.M.: Demak siz qo‘shni xonada bo‘lgansiz. Xonaga Merion kirib ketayotganini ko‘rib yuragingiz chiqa yozgandir?

Ch.K.: Darrov u yerga chopdim! O‘sha damda nimani o‘ylaganimni eslay olmayman ham!

D.M.: Ko‘plab tomoshabinlar sizni Merion va Jyeymsning onasi emas, enagasi deb ataganiga qanday qaradingiz?

R.K.: Ha, albatta. Bu yoqimsiz izoh edi...

Ch.K.: Umid qilamanki, odamlar bu videoni ko‘rib, kim-kimligi bo‘yicha tortishmay, shunchaki zavq olishadi. Enaga emasman - bu haqiqat, ishonamanki, odamlar bir-biri bilan tortishib, talashishdan to‘xtashadi.

D.M.: Sahnada kutilmagan mehmonlar paydo bo‘lganini bilgach, qay ahvolga tushdingiz?

R.K.: "Skype" orqali muloqot qilinganda, sen o‘zingni ham ko‘rib turasan. Qizimni ekranda ko‘rgach, rafiqam ertami-kechmi uni xonadan olib ketishiga umid qildim. 

Xonaga o‘glim kirib kelganida esa vaziyat yanada chuqurlashganini tushunib yetdim. Siz o‘zingiz intervyuni to‘xtatasiz deb o‘ylagan edim. O‘zimni xuddi hech nima sodir bo‘lmagandek tutishga harakat qildim.

D.M.: Shu o‘rinda, intervyuni o‘sha vaqtda uzmaganim uchun uzr so‘rayman. Biroq shunday qilganimda odamlar bunday ajoyib sahnani ko‘ra olishmagan bo‘lishar edi.

Bilasizmi, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari mendan nimani so‘rashdi? Siz rafiqangizga videoda qilgan ishi uchun spa-salonga yo‘llanma kabi sovg‘a qilishingiz kerakligini aytishdi.

R.K.: Albatta. Rafiqam shak-shubhasiz, oilamiz haqida qayg‘urayotgani uchun medalga munosib! Bu rost - g‘oya uchun esa sizlarga tashakkur!

Mavzuga oid
Top