20:11 / 15.03.2017
13536

Xitoy politsiyasi dronlarga qarshi «miltiqlar» bilan qurollanishdi

Foto: shanghaiist.com

Xitoyning Xubey viloyati Uxan shahri politsiyasi uchuvchisiz parvoz qiluvchi qurilmalarga qarshi kurash maqsadida maxsus «miltiqlar» bilan qurollanishdi. Bu haqda The South China Morning Post nashri yozmoqda.

Ular mazkur quroldan futbol o‘yini vaqtida foydalanib ko‘rishdi. Miltiqlar yordamida 6ta dron ishdan chiqarildi. Politsiyaning qayd etishicha, maxsus qurollar dron va uning boshqaruv pulti o‘rtasidagi radioaloqani uzadi. Shundan so‘ng, muqobil parvoz qurilmasi mustaqil ravishda talofatsiz yerga qo‘nadi. 

Har bir miltiq 250 ming yuan (36 ming dollar)ga yaqin turadi va bir kilometrgacha ta'sir qiladi. 

Aytish joizki, turli mamlakatlarda dronlarning ruxsatsiz parvoziga nisbatan turlicha kurash usullari amal qiladi. Masalan, Niderlandiyada yirtqich qushlar dronlarni tutishga o‘rgatilgan. O‘zbekistonda maxsus ruxsatsiz foydalanish taqiqlangan. 

Mavzuga oid
Top