11:01 / 15.03.2017
5684

Qozog‘iston AQSh bilan hamkorlikda harbiy shifokorlarni tayyorlaydi

Qozog‘iston mudofaa vazirligining harbiy tibbiyot markazida AQSh harbiy tibbiy mutaxassislari ishtirokida instruktorlar va paramediklar uchun kurs tashkil etish rejalashtirilgan. Bu haqda respublika mudofaa vazirligi matbuot xizmat xabar qilmoqda. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, Qozog‘iston qurolli kuchlari tibbiy xizmatining bir guruh ofitserlari AQShning San-Antonio shahridagi tibbiy mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan 4ta markaziga tashrif buyurgan. Safar harbiy-tibbiy mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha axborot almashinuvi dasturi doirasida amalga oshirilgan. 

Matbuot bayonnomasida ta'qidlanishicha, bu kabi o‘quv kurslarini tashkil etishdan maqsad jang maydonida malakali birinchi tibbiy yordamni ko‘rsata oladigan mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir. 

Top