11:11 / 15.03.2017
10865

Sirdaryo IIB viloyatda jinoyatchilik bilan bog‘liq ma'lumotni taqdim etdi

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilgan keng qamrovli tadbirlar natijasida qator ijobiy natijalarga erishildi.  Bu haqda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Kun.uz’ga xabar bermoqda.

2015 yilning 12 oyi davomida 3868 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, 2016 yilda jinoyatchilikning oldini olish borasida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida jinoyatchilikni 12,5 foiz kamayishiga erishilgan. Ya'ni 41 ta o‘ta og‘ir turdagi, 26 ta og‘ir turdagi, 150 ta pinhoniy turdagi, 22 ta o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati yetkazish, 84 ta yengil tan jarohati yetkazish, 190 ta o‘g‘irlik, 89 ta bezorilik va boshqa turdagi jinoyatchilikning kamayishiga erishilgan.

Shuningdek, 2017 yilning ikki oyi davomida sodir etilgan jinoyatlar 2016 yilning ikki oyi davomida sodir etilgan jinoyatlarga solishtirib tahlil qilinganida, o‘tgan yilga nisbatan ijobiy ko‘rsatgichga erishilganligi ma'lum bo‘lgan. 2016 yilning ikki oyi davomida 466 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, 2017 yilning ikki oyi davomida jinoyatchilikning oldini olish borasida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar oqibatida jinoyatchilikning 20,8 foiz kamayishiga erishilgan.

Top