12:38 / 15.03.2017
3105

TIVda Qozog‘iston va Rossiya elchilari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

14 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Qozog‘iston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Yerik Utembayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuv doirasida bo‘lajak O‘zbekiston-Qozog‘iston uchrashuvlari nuqtai nazaridan ikki tomonlama hamkorlikka oid masalalar muhokama qilingan.

Shu kuni TIVda Rossiya elchisi Vladimir Tyurdenev ham qabul qilingan.

Suhbat davomida ikki tomon kun tartibining dolzarb masalalari hamda O‘zbekiston-Rossiya uchrashuvlariga tayyorgarlik muhokama qilindi.

Top