18:09 / 15.03.2017
10252

O‘zbekistonlik bokschilar xalqaro turnirda g‘olib bo‘ldi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Qozog‘istonda  o‘tkazilgan  xalqaro turnirda 2 oltin, 1 kumush va 2 bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Vazni 91 kilogramm bo‘lgan bokschilar bahsida ishtirok etgan Jamshid Muhammadaliyev finalda qirg‘izistonlik Ilyos Niyozovga qarshi ringga ko‘tarildi. U ushbu jangda raqibiga aniq zarbalar yo‘llab, g‘alaba qozondi.

O‘ta og‘ir vazn toifasida qatnashgan Lazizbek Mullajonov hal qiluvchi bahsda rossiyalik Dmitriy Kulikka qarshi maydonga tushdi. Uning kuchli zarbalarini o‘tkazib yuborgan Dmitriy birinchi raunddayoq o‘z mag‘lubiyatini tan oldi.

Temur Ergashev kumush medal bilan taqdirlangan bo‘lsa, Zoirjon Jumanazarov va Asadbek Shodiyev bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top