21:32 / 16.03.2017
5505

AQSh Suriya, Iroq va Afg‘onistondagi operatsiyalarga 12 mlrd dollar sarflamoqchi

Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati AQSh kongressidan keyingi yilda AQSh Davlat departamenti liniyasi bo‘yicha Suriya, Iroq va Afg‘onistondagi ixtiloflar hududidagi xorijiy operatsiyalarga 12 mlrd dollar ajratishni so‘ramoqchi.

Bu AQShning 2018 moliyaviy yil uchun mo‘ljallangan federal byudjyetida nazarda tutilgan.

"AQSh Davlat departamenti va Xalqaro taraqqiyot agentligining bazaviy moliyalashtirilishi 25,6 mlrd dollarni tashqil qiladi, bu 2017 yilga nisbatan 10,1 mlrd dollarga (28 foiz) kamroqdir. Byudjyetda shuningdek xorijdagi, asosan Suriya, Iroq va Afg‘onistondagi harbiy harakatlar hududlaridagi operatsiyalar uchun favqulodda xarajatlar sifatida 12 mlrd dollar ajratilishi ko‘zda tutilgan. Shu tariqa Davlat departamentining umumiy byudjyeti 37,6 mlrd dollardan oshadi", deyilgan hujjatda. 

Federal byudjyetda shuningdek Tramp ma'muriyati keyingi yilda Isroilga xavfsizlik sohasida ko‘mak ko‘rsatish uchun 3,1 mlrd dollar ajratishni taklif qilayotgani ta'kidlangan. Shuningdek, AQShning Liviyada yangi elchixonasini qurish uchun 2,2 mlrd dollar ajratish taxmin qilinmoqda.

Shu bilan birga AQShning boshqa davlatlarga yordam dasturi qisqartiriladi va buning hisobiga Davlat departamenti va Xalqaro taraqqiyot agentligining moliyalashtirilishi 28 foizga qisqartirilishi rejalashtirilgan.

Top