00:13 / 16.03.2017
5915

BMTda 106 ta davlatda odam savdosi mavjudligi aytildi

Foto: AFP

Bugungi kunda dunyoning 106 ta davlatida odam savdosi mavjud, deb aytdi BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh.

"Odamlar bilan savdo qiluvchi tarmoqlar butun dunyo bo‘ylab tarqalgan. Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, odam savdosi 106 ta davlatda mavjud", deb aytdi Guterresh BMT Xavfsizlik kengashining qurolli ixtiloflarda odamlar savdosi muammosiga bag‘ishlangan majlisida.

Xalqaro mehnat tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, dunyoda 21 mln odam zo‘ravonlik bilan ishlatiladi va ekspluatatsiya qilinadi, bu esa jinoyatchilarga 150 mlrd dollar foyda keltiradi. 

Guterreshning aytishicha, IShID va "Boko Harom" guruhlari "odamlarni qul qilish va majburiy ishlatish bilan nafaqat ochiqchasiga shug‘ullanadi, balki bu qonuniy ekanligini ta'kidlaydi".

BMT bosh kotibi IShID Suriyada qullar bozorini tashkil qilgani va hattoki ayol-qizlarni qanday ushlash, nazorat qilish va sotish haqida qo‘llanma tarqatganini ta'kidlab o‘tdi.   

Top