16:29 / 16.03.2017
44677

Foto: Boshni aylantiruvchi g‘aroyib suratlar

Turkiyalik dizayner va fotosuratchi Oydin Buyuktosh syurrealizm san'atidan mohirlik bilan foydalanadi. Uning so‘nggi loyihasi ham ajoyib san'at namunasi bo‘lib, uchuvchisiz apparatlarda olingan. Dronda olingan suratlarda dunyo yuqoridan mutlaqo o‘zgacha qiyofada ekanini ko‘rish mumkin. 

Mazkur loyiha Flatland deb ataladi. Bu nom ingliz yozuvchisi Edvin Ebbottning kitobidan olingan. Asarda geometrik shakllar joylashgan 2 o‘lchamli dunyo tasvirlangan. 

Flatland muallifning AQShga qilgan sayohati chog‘ida tayyorlangan. Uning Istanbul manzaralari tasvirlangan suratlari ham Sharq va G‘arb o‘rtasidagi farqni tomosha qilishga yordam beradi. 

Yodingizda tuting, siz qulamayapsiz - bu shunchaki surat.

Mavzuga oid
Top