18:00 / 16.03.2017
31686

Kameralar shu vaqtgacha Toshkent ko‘chalarida 10 mingdan ortiq qoida buzilish holatini qayd etdi

Toshkent shahri yo‘llarida 15 mart kunidan boshlab ishga tushgan kameralar birinchi kun va ikkinchi kun yarmiga kelib 10 mingta qoida buzilish holatini qayd etdi. Bu haqda IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi «Kompyuter markazi» bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Shuhrat Murodov ma'lumot bergan.

«16 mart kuni soat 12:00 holatiga ko‘ra, videokameralar 10 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidasi buzilishi holatlarini qayd etdi», degan u.

Tizim 4,9 mingta svetoforning qizil chirog‘idan o‘tish holati va 4,1 mingta tezlikni oshirish holatini qayd etgan.

15 martdan boshlab Toshkentning 115 chorrahasida YHQ buzilishini qayd qiluvchi videokameralar ishga tushdi. Ayni damda ushbu kameralar faqat tezlikni oshirish va qizil chiroqqa o‘tish uchun jarima belgilaydi. Avtomatlashtirishning keyingi bosqichlarda kameralar uyali telefon orqali gaplashish va taqilmagan xavfsizlik kamari kabi qoidabuzarliklarni ham qayd qila boshlaydi. 

«O‘zbekiston pochtasi» pochtalonlari qoidabuzarlarning manzillariga jarima kvitansiyalarini tarqatadi. Jarima 60 kun muddatda to‘lanishi lozim, aks holda avtomobil jarima maydonchasiga jo‘natiladi.

Fotofakt: Kamerada qayd etilgan qoidabuzarlikka jarima solindi

To‘xtash chizig‘i ko‘rinmaydigan chorrahalardagi kameralar ishiga oydinlik kiritildi

Top