Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev respublika ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashdi. Bu haqida Oqo‘rda matbuot xizmatiga asoslanib, "Tengrinews" xabar berdi.
Uchrashuv davomida davlat rahbari kun tartibidagi eng dolzarb savollarga javob berdi.
Uchrashuv ishtirokchilari "Qozog‘istonning uchinchi modernizatsiyasi: global raqobatbardoshlik" dasturini amalga oshirish doirasida mamlakat iqtisodiyotini transformatsiyalash jarayonining bir qator jihatlari, aksilkorrupsiya faoliyati masalalari, joriy siyosiy modernizatsiya bosqichining xususiyatlari, Qozog‘istonning BMT Xavfsizlik Kengashining nodoimiy a'zosi sifatidagi tashqi siyosiy ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek boshqa bir qator muhim mavzularni muhokama qilishdi.
Uchrashuvda "Kazaxstan", "Xabar", "MIR" telekanallari, "Ayqyn" gazetasi, Esquire jurnali hamda "Kazinform" axborot agentligi ishtirok etishdi.