18:24 / 16.03.2017
4946

Oq uy Isroilga 3,1 milliard dollarlik yordam taklif etmoqda

Foto: RIA "Novosti"

AQShning xalqaro yordam bo‘yicha dasturining qisqartirilishi Isroilni xavfsizlik sohasida qo‘llab-quvvatlashga tegishli bo‘lmaydi, deya ma'lum qildi Oq uy payshanba kuni.

"Byudjyet Isroil oldidagi xavfsizlik sohasidagi majburiyatlarni bajarish uchun 3,1 milliard dollarni taqdim etadi. Ular (majburiyatlar) hozirda butun tarix davomidagi eng yuqori darajada turibdi va Isroilni o‘zini tahdidlardan himoya qilishi hamda harbiy ustunlikni saqlab qolishini ta'minlaydi", - deyiladi Oq uy tomonidan 2018 yilgi byudjyetga bag‘ishlangan bayonotda.

Shu bilan birga, AQSh davlat departamenti va xalqaro rivojlanish bo‘yicha agentlikning umumiy moliyalashtirilishi 28 foizga kamaydi – 25,6 milliard dollarga. Bunga boshqa davlatlarga xalqaro yordam hajmini qisqartirish hisobidan erishildi.

Byudjyetning yakuniy loyihasi mayda taqdim etiladi. Loyiha qonun maqomini olishi uchun uni kongressning har palatasi ma'qullashi hamda prezident imzo chekishi talab etiladi. 

Top