21:53 / 16.03.2017
5036

Olland va Merkel Anqaraning "natsistlik" haqidagi so‘zlarini tanqid qilishdi

Foto: AP

Fransiya prezidenti Fransua Olland va Germaniya kansleri Angela Merkel Turkiya hukumatining Germaniya va Yevropaning boshqa davlatlariga nisbatan tajovuzkor gaplarni aytishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytdilar. Bu haqda Yelisey saroyi bayonotida aytildi.

"Fransiya prezidenti va kansler Germaniya va YeIning boshqa davlatlari nomiga tajovuzkor gaplar aytilishi va natsistlikqa qiyoslashga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, deb hisoblaydilar", deyilgan bayonotda.

Olland va Merkel yaqinda yuz bergan voqealarni muhokama qilib, turk siyosatchilari Fransiya va Germaniyada tadbirlar tashkillashtirishlari mumkinligi haqidagi xulosaga kelishgan, biroq bu tadbirlar ikkala davlatning qonunlariga to‘liq mos holda, ochiqlik shartlari bilan va qonunda belgilangan muddatlarda o‘tishi kerak.

Anqara va Berlin o‘rtasidagi munosabatlar turk millatiga mansub nemis jurnalisti Deniz Yujyelning Istanbulda hibsga olinishidan keyin taranglashdi. Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Berlinning joriy tashqi siyosatini "o‘tmishdagi natsistlarning xatti-harakatlariga" qiyoslagandi. Erdo‘g‘anning bu gaplari Germaniyaning jiddiy noroziligiga sabab bo‘lgan. 

Top