18:52 / 16.03.2017
5751

Perulik ayol ko‘chki bosib qolgan uy ostidan o‘zi mustaqil chiqib kela oldi

Peruning Lima viloyatida joylashgan Punta Ermos okrugida bir ayol loyli ko‘chki tomondan vayron bo‘lgan uy ostidan o‘zi mustaqil chiqib kela oldi. Ushbu holat tasvirlangan video Ruptly tomondan joylashtirildi.

Peruda yil boshidan beri toshqinlar 48 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, hukumat tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun armiya, qutqaruvchilar va politsiyachilarni jalb qilmoqda. 15 mart kuni harbiylar Tinch okeani bo‘yida joylashgan Lambayeke viloyatida bir necha kishini vertolyot yordamida qutqarishga muvaffaq bo‘lishdi.

Top