17:53 / 16.03.2017
7982

Sayoq yurgan bolalar yoxud tarbiyaga vaqt topmagan ota-onalar

Afsuski, ayrim ota-onalar kundalik tashvishlari bilan bo‘lib, farzandlarining dars paytida qayerda, nima bilan shug‘ullanib yurgani, kimlar bilan “do‘st”lashgani, kechki vaqtlarda ko‘chada nimalar qilib yurgani bilan qiziqmaydi. Oqibatda esa...

“Postda” gazetasining xabar berishicha, joriy yilning 20 yanvar kuni tungi soat 22:00larda Namangan shahrining Do‘stlik shohko‘chasida joylashgan dorixona oldida ikki nafar noma'lum shaxs 8-sinf o‘quvchisini urib, qo‘lidagi uyali telefon apparatini tortib olib ketishadi.

Natijada jabrlanuvchi burun suyagi sinishi, bosh miya yopiq jarohati tashxisi bilan kasalxonaga yotqiziladi.

Ichki ishlar organlari tomonidan olib borilgan tezkor profilaktik tadbirlar natijasida ushbu jinoyat 16 va 17 yoshli o‘smirlar “to‘qlikka sho‘xlik” qabilida sodir etishgani aniqlandi.

Ota-ona nazoratidan chetda qolib, tungi paytda bekor yurib, o‘ylamasdan qilgan qilmishlari ularga qimmatga tushdi. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Top