21:08 / 16.03.2017
10946

Serra-Leoneda dunyodagi eng yirik olmoslardan biri topildi

Serra-Leoneda og‘irligi 709 karat keladigan noyob olmos topildi. Bu olmos tarixda topilgan eng og‘ir 20 ta olmosdan biridir, deb ma'lum qildi "Bi-bi-si" telekompaniyasi. Olmos Emmanuel Momo ismli mahalliy pastor tomonidan topilgan.

Qimmatbaho tosh mamlakat prezidenti Ernest Koromaga namoyish qilinib, poytaxt Fritaunda joylashgan markaziy bank omboriga joylashtirilgan. Prezident pastor va olmos topilgan Kono tumani rahbariyatiga "bu olmos mamlakatdan noqonuniy yo‘l bilan olib chiqib ketilmaganiga" minnatdorchilik bildirgan. Prezident "olmosni topganlar tegishlicha mukofotlanishlariga" va'da bergan.

Bu topilgan olmos yirikligi bo‘yicha Serra-Leoneda 1972 yilda topilgan 969 karatli olmosdan keyin ikkinchi raqamli olmos bo‘ldi. Yangi olmos qolgan yirik olmoslar kabi nomlanib, "Serra-Leone yulduzi" degan nom oldi.

Serra-Leone olmos olinadigan yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. 

Tarixda topilgan dunyodagi eng katta olmos 3106,75 karatli  (621,35 gramm), o‘lchamlari  100x65x50 mm bo‘lgan "Kullinan" (boshqacha nomi "Afrika yulduzi") olmosi hisoblanadi. Olmos 1905 yilda Janubiy Afrikada topilgan.

Mavzuga oid
Top