16:21 / 16.03.2017
16852

Toshkent shahrida qidiruvda bo‘lgan 40 nafardan ziyod jinoyatchi ushlandi

2017 yilning 10 mart kunidan 16 mart kuniga qadar Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi sohaviy xizmatlari tomonidan jamoat tartibini saqlash, fuqarolarni xavfsizligini ta'minlash, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izi”dan fosh etish, jinoyatlar sodir etilishini oldini olish va profilaktikasi borasida qator ishlar amalga oshirildi. Bu haqda Toshkent shahar IIB Kun.uz'ga ma'lum qilmoqda

Har bir sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik muqarrarligini ta'minlash maqsadida, jinoyatchilikka murosasiz kurashish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida fosh etilmagan 32 nafar jinoyatchi, ya'ni 1 ta – qotillik, 2 ta – og‘ir tan jarohati yetkazish, 1 ta – talonchilik, 16 ta – o‘g‘irlik, 9 ta – firibgarlik, 1 ta – transport vositasini olib qochish, 2 ta – hujjatlarni qalbakillashtirish jinoyatlari fosh etildi. 

Shuningdek, qidiruvda bo‘lgan jami 41 nafar jinoyatchi ushlandi.

Hafta davomida mulkiy turdagi jinoyatlarning sodir etilishining oldini olish maqsadida, ko‘p qavatli uylar atrofiga, jinoyat sodir etilishi ehtimoli yuqori bo‘lgan joylarga 480 ta videokuzatuv moslamasi o‘rnatildi. 66 ta xonadon va obekt zamonaviy qo‘riqlov pultlariga ulandi.

Top