18:01 / 16.03.2017
16017

Toshkentdagi kollej o‘quvchilari orasida jinoyat: pichoqlashish ko‘p kuzatilgan

Illyustrativ foto

2017 yilning 10 mart kunidan 16 mart kuniga qadar Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi sohaviy xizmatlari tomonidan jamoat tartibini saqlash, fuqarolarni xavfsizligini ta'minlash, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izi”dan fosh etish, jinoyatlar sodir etilishini oldini olish va profilaktikasi borasida qator ishlar amalga oshirildi.

2017 yil 10 mart kuni soat taxminan 11:30 larda 1995 yilda tug‘ilgan Toshkent davlat texnika universiteti 1-bosqich talabasi tanishi, Toshkent tibbiyot kolleji 3-bosqich talabasini rashk qilib, oshxona pichoq bilan tanasining turli joylariga bir necha marotaba sanchigan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Kun.uz'ga ma'lum qilmoqda.

Holat yuzasidan Shayxontohur tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi, ya'ni qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi, 2-qismi “ye” bandi, ya'ni bezorilik oqibatida qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyati alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top