11:40 / 16.03.2017
3052

Tramp xalqaro yordam hajmini kamaytirmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp xalqaro yordam ajratish hajmini kamaytirish niyatida ekanini ma'lum qildi. Bu haqda Oq uyning ma'muriy-byudjyet boshqarmasi direktori Mik Malveyni xabar qildi, deb yozmoqda RIA «Novosti».

«Prezident xorijda kamroq va bizning mamlakatimizda ko‘proq pul sarflashi haqida ma'lum qildi. Shuning uchun biz bu siyosatni amalga oshirganimizda, xorijiy yordam kabi narsalar qisqaradi», - deya aytib o‘tdi Malveyni AQShning 2017 yilga mo‘ljallangan byudjyeti “xomaki” nusxasi taqdimotida.

Shuningdek Malveynining jurnalistlarga ma'lum qilishicha, ular «davlat departamenti bo‘yicha keskin qisqartirishning guvohiga aylanadilar». Uning so‘zlariga ko‘ra, Oq uyda Davlat departamentining muhim diplomatik funksiyalarini qisqartirishdan himoya qilishgan, deb hisoblashmoqda.

Mavzuga oid
Top