08:17 / 16.03.2017
9478

Tramp uchun yangi bosh og‘riq: Havayi shtati migratsiya farmoni ijrosini to‘xtatdi

Amerikaning Havayi shtati federal sud'yasi Derrik Uotson AQSh prezidenti Donald Trampning yangi migratsiya farmoni ijrosini to‘xtatdi. Bu haqda Associated Press xabar qilmoqda.

Ma'lum qilinishicha, Uotson o‘z qarorini 15 mart kuni e'lon qilgan. U Havayi ma'muriyatining Tramp farmoni ijrosini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha iltimosini ko‘rib chiqib, shunday qarorga kelgan. 

Unda, shuningdek, sud xulosasi «hukumat qarori ijrosiga 16 martdan to‘siq bo‘lishi» aytilgan.

Havayi mahalliy hukumatining uqdirishicha, Trampning farmoni insonlarni fuqaroligiga ko‘ra kamsitadi. Ularning aytishicha, farmon Havayi aholisiga taqiq joriy qilingan musulmon mamlakatlardagi qarindosh-urug‘larini borib ko‘rishlariga imkon bermaydi. 

10 mart kuni Havayi shtati Trampnng yangi migratsiya farmoniga qarshi sudga murojaat qilgan edi. 

Top