16:05 / 17.03.2017
7838

Inesta «Barselona» bo‘lajak ustoziga nimalar kerak bo‘lishini aytdi

«Barselona» yarim himoyachisi Andres Inesta Xuan Karlos Unsue Kataloniya klubi bosh murabbiyi etib tayinlanishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlarga o‘z munosabatini bildirdi. Eslatib o‘tamiz, bu mutaxassis ayni damda Luis Enrikening yordamchisi sanaladi va Enrike joriy mavsum yakunida o‘z lavozimini tark etadi.

«Unsue jamoadagi vaziyatni yaxshi biladi. U biz bilan avval ham, hozir ham birga. Aminmanki, u bunday darajada ishlashga tayyor.

„Barselona“ning yangi murabbiyi juda xotirjam bo‘lishi kerak, shuningdek unga omad ham kerak bo‘ladi», - deya Inestaning so‘zlarini keltiradi Marca nashri.

Top