22:39 / 17.03.2017
10228

Karlo Anchelotti «Real»ga qarshi o‘yin faoliyatida qanchalik muhim ekani haqida gapirdi

«Bavariya» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Yevropa chempionlar ligasining 1/4 finaliga tashlangan qur'a haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Real»ga qarshi uchrashuv men uchun o‘ziga xos ahamiyatga ega. Bu o‘yinni intizorlik bilan kutaman. Albatta, men «Real» va uning murabbiyini juda yaxshi bilaman.

Biz Yevropa chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni istaymiz. Hech kimga o‘yinda oson bo‘lmaydi. «Real» – chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi. Bu ajoyib murabbiy va futbolchilarga ega aqlbovar qilmas darajadagi klub», degan Anchelotti.

Top