14:09 / 17.03.2017
4901

Kiprda portlash ro‘y berdi

Kiprning Limasol shahridagi biznes-markazi binosida juma kuni ertalab portlash ro‘y berdi. Bu haqda Kipr yangiliklar agentligi xabar bermoqda.

"Portlash Limasoldagi Makarios Uchinchi shoh ko‘chasida joylashgan binoda soat 7.45da yuz berdi, voqea joyiga o‘t o‘chirish xizmati va politsiya xodimlari yetib kelgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in chiqishi tufayli tumanda harakat cheklangan, yong‘in xizmati xodimlari olovni o‘chirishga harakat qilishmoqda", - deyiladi xabarda.

"Sigma" telekanalining xabar qilishicha, kuchli portlash olti qavatli biznes-markazda ro‘y bergan, u yerda ofis va do‘konlar joylashgan.

Hodisa sabablari hozircha noma'lum.

Top