11:27 / 17.03.2017
8958

Qirg‘izistonliklar Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan necha kun bo‘la olishlari belgilab qo‘yildi

Endilikda qirg‘izistonliklar Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan 30 kungacha bo‘lishlari mumkin. Qirg‘izistonning Jogorku Keneshi (parlament) deputatlari 2012 yil 11 may kuni qabul qilingan, Qirg‘iziston fuqarolarining Qozog‘istonda va Qozog‘iston fuqarolarining Qirg‘izistonda bo‘lish tartibi haqidagi kelishuvga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi bayonnomani ratifikatsiya qilish qonun loyihasini uchinchi o‘qishda ma'qullashdi. Ushbu qonun loyihasi 2016 yil 17 oktabrda Ostonada imzolangandi.  

Bayonnoma Qirg‘izistonning Qozog‘istonda vaqtinchalik bo‘lgan fuqarolarini 30 kungacha ro‘yxatdan o‘tishdan ozod qilishni ko‘zda tutadi.  

Shu bilan birga qirg‘izistonliklar Qozog‘istonga kirishda migratsiya xaritasini to‘ldirishlari kerak bo‘lmaydi. Ta'kidlash joizki, Qirg‘iziston Rossiya bilan ham xuddi shunday kelishuvga ega.   

Mavzuga oid
Top